13:24 / 17.11.2023
115

Chilonzor tumani Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladi

Chilonzor tumani Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladi

"2024 yilda Toshkent shahar Chilonzor tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar Chilonzor tumanini 2024 yilda rivojlantirish, kambag‘allikdan chiqarishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini hududdagi ehtiyojmand aholini individual dasturlar orqali kambag‘allikdan chiqarish natijalari asosida baholash;
  • hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan Xitoy tajribasi asosida tadbirkorlik sub’yektlarini innovatsion faoliyatga keng jalb etish, kambag‘al aholini arzon va uzluksiz energiya bilan ta’minlashda innovatsion hamda yashil texnologiyalarni joriy etish;
  • mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, jumladan o‘z faoliyatiga innovatsion yechimlarni tatbiq etgan tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;
  • mahallalar “drayveri”dan kelib chiqqan holda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish;
  • bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlari hamda mavjud tabiiy resurs va zaxiralardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish;
  • mahallalar ixtisoslashuvini hisobga olgan holda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik yo‘nalishlarida mikromarkazlarni tashkil etish;
  • yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda Xitoy tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish;
  • mavjud sug‘oriladigan yerlarni unumdorligini oshirish, suv tejashning ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish;
  • infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish;
  • tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat avtomobil yo‘li bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish obektlarini hamda turizmni rivojlantirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish.

Toshkent shahar hokimligi, Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikda 2023-2024 yillarda Chilonzor tumani hududidan Do‘mbirobod, Kichik halqa yo‘li, Dilxush 2-tor ko‘chasi kesishmalari oralig‘ida joylashgan yo‘lbo‘yidagi aholi xonadonlari hamda xizmat ko‘rsatish obektlarini egalari bilan kelishgan holda renovatsiya asosida ko‘p qavatli qilib qayta qurish va 1-qavatida yangi zamonaviy xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish choralarini ko‘radi.

Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalining ikki yonini obodonlashtirish orqali kanal atrofida aholi dam olish maskani va sport maydonchalari, umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalarini o‘z ichiga olgan gastronomik ko‘cha (sayilgoh) tashkil etiladi.

Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida 24 soat uzluksiz faoliyat yuritadigan yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish hisobiga turistik ko‘chaga aylantirish taklifi ma’qullanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Chilonzor tumani Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladi