19:30 / 20.12.2023
125

O‘zbekistonda faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish mumkinligi aytildi

O‘zbekistonda faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish mumkinligi aytildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala - vazirlik va tarmoqlarni raqamlashtirish muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Tarmoq rahbarlariga faqat va faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, Buxorodagi “Janubiy Kemachi” konini raqamlashtirish hisobiga, yo‘qotish 3 foizga kamayib, yiliga 28 million kub metr qo‘shimcha gaz olinayapti.

Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJga quduqlarni raqamlashtirishni to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi. Barcha tarmoqlarda ham raqamlashtirish sur’ati bir xil emasligi qayd etildi.

Masalan, “O‘zbekkosmos” respublika bo‘yicha 2 mingdan ziyod noqonuniy qazishlarni aniqlagan bo‘lsada, hokimlik va mas’ul idoralar tayyor raqamli ma’lumot asosida amaliy chora ko‘rmagan.

Yoki, alkogol ishlab chiqaruvchi 59 ta korxonaning 42 tasida mahsulot hajmini onlayn o‘lchash tizimi ishlamayapti. Oqibatda, aksiz solig‘i yig‘iluvchanligi talab darajasida bo‘lmayapti. Shu kabi, issiq suvni qozonxonadan aholi xonadonlariga yetkazib berishda aniq hisob-kitob bo‘lmagani uchun noreal qarzdorlik bilan bog‘liq muammolar mavjud.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish mumkinligi aytildi