Kapital bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliqqa tortilmaydigan daromad turlari ko‘paytirildi. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Soliq kodeksining 378-moddasiga soliq solinmaydigan daromadlarning quyidagi turlari kiritilgan:
1) aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxona xodimining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan oshmaydigan ushbu korxona xodimining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiya sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lari;
2) soliq to‘lovchilar ish haqi va boshqa daromadining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
a) soliq davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 100 baravarigacha bo‘lgan qiymatda;
b) to‘lovlar o‘sib bormaydigan tartibda to‘langanda va bir yo‘la to‘lanadigan to‘lovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan e’tiboran 12 oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan.
Ushbu shartlar buzilgan yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va pul mablag‘lari to‘liq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablag‘larga to‘lov manbaida soliq solinishi lozim.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi