date

Mail.ru kompaniyasi 2016-yil birinchi yarim yilliga oid moliyaviy hisobotini e’lon qildi

Mail.ru kompaniyasi 2016-yil birinchi yarim yilliga oid moliyaviy hisobotini e’lon qildi

Rossiyaning Mail.ru Group kompaniyasi 2016-yil birinchi yarim yillikdagi umumiy sof daromadi 5,74 mlrd rublni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga o‘sgan. Bu haqda guruhning hisobotida so‘z yuritilgan, deb yozmoqda "Kun.uz" nashri.

Internet-kompaniyasining yanvar-iyun oylaridagi daromadi 11,6 foizgacha oshib, 18,83 mlrd rublni tashkil etgan. II chorakdagi daromadi esa 11,9 foizga o‘sgan.

Mail.Ru Group direktorlar kengashi raisi Dmitriy Grishinning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning 2016-yilgi daromadi 8−14 foizni tashkil etishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mail.ru kompaniyasi 2016-yil birinchi yarim yilliga oid moliyaviy hisobotini e’lon qildi