60
Ayrim chakana savdo shoxobchalaridan sotib olingan tovarlar uchun tax free qo‘llanadi
Foto: Getty images
«Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, turizm markazlari hududida joylashgan savdo-ko‘ngilochar majmualarida QQS bilan sotilgan ayrim turdagi tovarlarga nisbatan tax free tizimi qo‘llanadigan chakana savdo shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini tax free tizimi asosida qaytarish tajriba tariqasida joriy etilgan.
Shuningdek, turizm markazlari uchun quyidagi vaqtinchalik imtiyozlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilandi:
- AOS stavkasi — 1 foiz;
- ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilash.
Yuqoridagi imtiyozlarni tatbiq etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan taqdirda, ular bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilgandan keyin qo‘llanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Senati Ukrainaning qarzidan kechishga qarshi rezolyutsiyani ma’qullamadi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi