10:37 / 22.02.2024
172

O‘zbek so‘mi dunyoning eng kuchsiz valyutalari o‘ntaligida saqlanib turibdi

O‘zbek so‘mi dunyoning eng kuchsiz valyutalari o‘ntaligida saqlanib turibdi
Forbes nashri dunyoning eng kuchsiz va eng zaif valyutalari o‘ntaligini e’lon qildi. Unga ko‘ra o‘zbek so‘mi avvalgi yildagi 7-o‘rindan bir pog‘ona yuqorilab, 6-o‘ringa joylashgan.

Reytingda hamon Eron riali peshqadamligini saqlab turibdi. Hozirda 1 AQSH dollari 42 00 rialni tashkil qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda ham o‘zgarish ro‘y bermagan. Hamon Vetnam dongi Erondan keyin eng zaif valyuta bo‘lib turibdi. 1 AQSH dollari 24 500 dongga teng.

Uchinchi o‘rinda esa Laos milliy valyutasi kip bormoqda. 1 AQSH dollari deyarli 21 ming kipga teng.

O‘zbek so‘mi esa yuqorida ta’kidlanganidek 6-pog‘onadan joy olgan. E’tiborlisi 2023 yilgi reytingda so‘m 7-o‘rinda edi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1AQSH dollari 12 495 so‘mni tashkil qilmoqda.

Quyida 1 AQSH dollariga nisbatan dunyodagi eng arzon o‘nta valyutaning qiymatlari keltirilgan:

1. Eron riali — 42 037
2. Vetnam dongi — 24 535
3. Laos kipi — 20 839
4. Serra-Leone leonesi — 19 750
5. Indoneziya rupiyasi — 15 635
6. O‘zbek so‘mi — 12 495
7. Gvineya franki — 8 584
8. Paragvay guaranasi — 7 293
9. Uganda shillingi — 3 878
10. Iroq dinori — 1 308

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbek so‘mi dunyoning eng kuchsiz valyutalari o‘ntaligida saqlanib turibdi