16:00 / 15.03.2024
122

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi
Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusi sotib oladi.

13 mart kuni O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi ofisida Qirg‘izistonning O‘sh shahar hokimligi bilan lizing shartnomasi imzolandi. Jamg‘arma Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto) tomonidan ishlab chiqarilgan past polli yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilishni moliyalashtiradi.

Mazkur avtobuslar O‘sh jamoat transporti parkini kengaytiradi va modernizatsiya qiladi.

Shartnoma taraqqiyot jamg‘armasi uchun ikkinchisi bo‘ldi. Fevral oyi oxirida ham O‘QTJ «Akun» YOAJ bilan SamAuto kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta o‘rtacha yuk ko‘taruvchi Isuzu yuk avtomashinasini lizingga olish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi