Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisida O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonunda xususiy mulkka bo‘lgan huquqlar daxlsizligi, tadbirkorlik subyektlari manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda. Unda hech kim sud qarorisiz, qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati, u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi belgilanmoqda.
Qonun xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar hamda shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Shundan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan qizg‘in muhokama qilingan.
Ushbu qonun bilan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, davlat yordami berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan tartibda kelishish zarurligi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunda aks ettirilmoqda. Shuningdek, qonun bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda ham xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yengillik berilmoqda.
Muhokama yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 47-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi