19:51 / 07.03.2015
6 803

Xiaomi mahsulotlar qatorini kengaytirish uchun 100 ta kompaniyaga sarmoya kiritadi

Xiaomi mahsulotlar qatorini kengaytirish uchun 100 ta kompaniyaga sarmoya kiritadi

Dunyodagi eng yirik startap hisoblanadigan, smartfon ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi 100 ta rivojlanayotgan yangi kompaniyalarga sarmoya kiritish niyatidaligini ma’lum qildi. Shu tariqa, Xiaomi o‘zining mahsulotlar qatorini kengaytirmoqchi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.

Xiaomi 27 ta stratapga sarmoya kiritgan va ularning miqdorini qariyb 4 baravar ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi kompaniya rahbari Ley Szyun. Startaplar bilan hamkorlik qilib, Xiaomi “aqlli uylar” uchun mo‘ljallangan qurilmalar bozoriga chiqishni rejalashtiryapti, deb qo‘shimcha qildi Szyun.

“Biz boshqalarning innovasiyalarini ham qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, deb aytdi Szyun.

Ma’lumot uchun, Xiaomi kompaniyasi 2010 yilda tashkil topganidan beri Xitoyda mobil qurilmalar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biriga aylandi. Bugungi kunda kompaniya 45 mlrd dollarga baholanmoqda. 2014 yilda Xiaomi Xitoyda smartfon sotish hajmi bo‘yicha Samsung’ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi. 2015 yilda kompaniya Rossiya va Braziliya bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xiaomi mahsulotlar qatorini kengaytirish uchun 100 ta kompaniyaga sarmoya kiritadi