Foto: “Dunyo” axborot agentligi
O‘zbekistondan 300 ming dollar qiymatli tamaki mahsulotlari Saudiya Arabistoniga eksport qilinadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov BAT Middle east cluster importyor korxonasi bosh menejeri Aleksandr G‘anem bilan uchrashuv o‘tkazdi. Aleksandr G‘anem so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari tobora rivojlanib, o‘zaro savdo aylanmasi va investisiyalar hajmi keskin o‘sib borayotganini ma’lum qildi.
Bosh menejer O‘zbekistondan tamaki mahsulotlarini sotib olishni rejalashtirayotganini, xususan 2024 yilda 300 ming AQSH dollari miqdorida ushbu turdagi mahsulotlarni Saudiya Arabistoniga import qilish maqsadini bildirdi. Uning aytishicha, O‘zbekiston tamaki mahsulotlari savdosi Saudiya Arabistonidan tashqari Iroq va Iordaniyada ham yo‘lga qo‘yilishi natijasida yaqin istiqbolda eksport qiymati 1 million AQSH dollariga yetkaziladi.
Uchrashuv yakunida BAT Middle east cluster kompaniyasi bilan savdo hajmini kengaytirish, O‘zbekiston mahsulotlarini Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlaridagi savdosini oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.
O‘zbekistonda 2024 yilning 1 sentyabridan tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun har oylik yig‘im joriy etiladi. Mazkur savdoni amalga oshirishga oyiga BHMning 10 foizi (34 ming so‘m) miqdorida to‘lovlar undiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar