Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi arafasida 5 iyun kuni Anqarada ikki mamlakatning 500 dan ortiq ishbilarmon doira vakillaro ishtirokida O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti J.Yilmaz, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi (TOBB) raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli o‘g‘li ishtirok etishdi.
Tadbir dasturidan Turkiya kompaniyalarining rahbarlari bilan davlat-xususiy sheriklik, xususiylashtirish, tog‘-kon sanoati va geologiya, ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik hamda sanoat sohalaridagi yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan muzokaralar va taqdimotlar o‘rin oldi.
Forum doirasida ikki mamlakat iqtisodiyot va biznes doiralari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.
Jumladan:
➖ sanoat klasterlarini tashkil etish;
➖ energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash;
➖ elektrostansiyalar barpo etish;
➖ tekstil va charm poyabzal ishlab chiqarish;
➖ davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish yuzasidan bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston milliy banki va Istanbul zargarlar palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Ma’lumot uchun, 2017-2023 yillar davomida Turkiya bilan savdo qilayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar soni 2 baravarga ko‘payib, 5200 nafarga yetdi. Mazkur kompaniyalar energetika, qurilish, to‘qimachilik, turizm, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda faoliyat olib bormoqda.
2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi Imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitim doirasida belgilangan 12 ta tovar bo‘yicha o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yil yakunida 30 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-aprel oylarida ushbu tovarlar savdosi hajmi yana 12 foizga o‘sdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar