14:48 / 30.07.2024
181

O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgarmoqda?

O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgarmoqda?
O‘zbekistonda dollar kursi 2024 yilning birinchi yarmida 1,8 foizga qimmatladi. Tahlilchi, R&D mutaxassisi Timurmalik Elmuradov ushbu valyuta kursining yarim yilda qanday o‘zgarganini tahlil qildi.

Dollarni 2024 yil yanvar boshlarida 12 390 so‘mga sotib olish mumkin edi. Iyul boshlariga kelib bu qiymat 12 620 so‘mni tashkil etdi. Ya’ni, olti oy davomida ushbu valyuta kursi 1,8 foizga qimmatladi. Bu 2023 yilning shu davriga (3,1) nisbatan kamroq ko‘rsatkichdir.

Tahlilchining qayd etilishicha, birinchidan, bunga sabab mamlakatga valyuta tushumlari ortganidir. Bunga, birinchi navbatda, mehnat migrantlari hissa qo‘shdi — ular O‘zbekistonga 6,5 ​​milliard dollar o‘tkazgan bo‘lib, bu 2023 yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.

Pulning asosiy qismi, albatta, Rossiyadan yuborilgan, shu bilan birga boshqa davlatlarning ulushi ham oshib bormoqda. Xususan, Polsha (93 foiz), Janubiy Koreya (90 foiz), Germaniya (64 foiz) va AQSHdan (43 foiz) pul o‘tkazmalari oshgan.

Ikkinchidan, oltinni hisobga olmaganda eksport hajmi ham qariyb 11 foiz (8,8 milliard dollar) o‘sgan. Buni savdo geografiyasi (xususan, AQSH top 10 savdo hamkorlari qatoriga kirdi) va strukturasi (masalan, sut va pishloq eksporti 80,5 foizga o‘sdi) o‘zgarayotgani bilan izohlash mumkin.

Uchinchidan, import bu yil sekinroq o‘smoqda — 2024 yil boshidan buyon 10,6 foizga o‘sgan, 2023 yilning shu oylarida esa 17 foiz bo‘lgan. Bunga sabab joriy yilda ko‘plab xorijiy tovarlarga talab pasayganidir. Xususan, O‘zbekistonga samolyot olib kelish qisqargan — o‘tgan yil birinchi yarmida 776 million dollar sarflangan bo‘lsa, bu yil 338 million dollar sarflandi.

Tahlilchining qayd etilishicha, so‘nggi yillarda so‘m yilning ikkinchi yarmida, ayniqsa avgust—sentyabr oylarida qulamoqda.

Shunday ekan, kelasi ikki oy hal qiluvchi bo‘ladi, ammo hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Har holda, 2023 yilga qaraganda yaxshiroq”, deydi Timurmalik Elmuradov.

Uning bildirishicha, shunday davom etishi uchun mamlakatda xom ashyoni ko‘proq qayta ishlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, yangi bozorlarga chiqish zarur. Boshqa yo‘li yo‘q.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yili milliy valyuta dollarga nisbatan 9 foizdan ortiq devalvatsiyaga uchragan edi. Dollar kursi 2023 yilni 11,246 so‘mdan boshlab, 12,225 so‘m bilan yakunlagan. Ayrim tahlilchilar o‘tgan yili 2024 yilning oxiriga qadar dollar narxi 13 ming so‘mdan oshishini prognoz qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgarmoqda?