Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda 2024-yilning iyul oyida mamlakatimiz hududlarida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida onlayn so‘rov o‘tkazdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning qanchalik samara berayotganligini baholash, imtiyozlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash edi.
So‘rovda respublikamizning barcha hududlaridan (14 ta hudud, 204 ta tuman/shahar) turli yo‘nalishdagi jami 11300 dan ortiq tadbirkorlik subyekti ishtirok etdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, quyidagilar aniqlandi:
1. Imtiyoz va preferensiyalardan xabardor bo‘lishdagi muammolar.
So‘rovda ishtirok etganlarning 40,1 foizi davlat tomonidan tadbirkorlar uchun berilgan imtiyoz va preferensiyalardan xabardor bo‘lishda hech qanday muammo va qiyinchilik yo‘qligini, 25,7 foizi ma’lumotlar tarqoq va murakkabligini qayd etgan. Hududlar orasida Andijon va Xorazm viloyatlarida xabardorlik muammosi jiddiyroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.
2. Muhim hujjatlarni qabul qilishdan oldin tadbirkorlarning ularga oid fikr-mulohazalarini inobatga olish.
Tadbirkorlarning bildirishicha, agar muhim hujjatlarni qabul qilishdan oldin ularning fikrlari inobatga olinsa, qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligi va manzilliligi oshadi (40,5 foiz), tadbirkorlarning hukumatga ishonchi oshadi (23,2 foiz), rasmiy hujjatlarga tez-tez qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilishining oldi olinadi (18,3 foiz).
3. O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi ochiq muloqoti va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklardan xabardorlik.
So‘rov qatnashchilarining 87,3 foizi muloqot va yaratilgan qulayliklardan xabardorligi, 12,7 foizi xabardor emasligini aytgan. Respondentlarning 69,3 foizi yaratilgan qulayliklar natijasida faoliyatida ijobiy siljish bo‘lganini e’tirof etgan bo‘lsa, 7 foizi o‘z sohasida qulayliklarni his etmaganini bildirgan. Bunday fikrda bo‘lganlar Navoiy (10,3 foiz) va Toshkent (17,9 foiz) viloyatlarida ko‘proq ekan.
4. QQSni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash (Tax Gap) tizimi bekor qilinishining korxonalar faoliyatiga ta’siri.
O‘tkazilgan so‘rov tadbirkorlarning uchdan ikki qismi (66,5 foiz) soliq tizimiga kiritilgan o‘zgarishlarni ijobiy baholashini ko‘rsatdi. Faoliyatimga ta’sir qilmadi, deb hisoblaydiganlar ulushi 12,8 foizni tashkil etdi. Sezilarli ijobiy o‘zgarish Xorazm (79,2 foiz), Andijon (77,0 foiz) va Buxoro (75,8 foiz) viloyatlarida, nisbatan past ko‘rsatkich Toshkent viloyati (43,5 foiz) da kuzatilgan.
Tadqiqot doirasida, shuningdek, biznes ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarining ahamiyati, sanoat zonalarida yer maydonlari, bino va inshootlarni ijaraga olishdagi qulayliklar, qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga muhtoj sohalar va boshqa qator yo‘nalishlardagi masalalar, mavjud muammolar ham qamrab olindi.
Umuman olganda, tadqiqot tadbirkorlarning 74 foizi ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatni ijobiy baholashini (2023-yilda bu ko‘rsatkich 64 foiz edi) ko‘rsatdi. Salbiy baholaganlar ulushi 4,6 foizni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi