Foto: Hukumat portali
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 17 avgust kuni Kobulga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Afg‘oniston tomonidan bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, bosh vazirning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy ishtirok etdi.
Foto: Hukumat portali
“Davlatlar o‘rtasidagi aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani, O‘zbekiston Afg‘onistonga Markaziy Osiyoning uzviy va ajralmas qismi sifatida qarashi qayd etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonda amaldagi hukumat bilan xalqaro muloqot o‘rnatilmasa, hech qanday ijobiy natijaga erishib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Aynan prezident tashabbusi bilan 2022 yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishda Afg‘oniston alohida o‘rin tutishi e’tirof etilgan”, deyiladi xabarda.
Foto: Hukumat portali
Shu ma’noda, O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Afg‘onistonning muvaqqat hukumati bilan konstruktiv va o‘zaro maqbul muloqotni yo‘lga qo‘ygan.
Uchrashuvlarda shu tamoyillar asosida Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, hududlararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.
Foto: Hukumat portali
O‘zaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan.
Bunda ikki tomonlama investitsiyalarni himoya qilish va imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta turtki ekani aytilgan. O‘zaro manfaatli muloqotni muntazam davom ettirish, ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilib, uchrashuv so‘nggida qator hujjatlar imzolangan. Biroq qanday hujjatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Foto: Hukumat portali “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?