13:19 / 26.09.2016
6 418

Yuklarni tashishda ijodkorlik naqadar muhimligini velosiped ishlab chiqaruvchilar isbotladi

Yuklarni tashishda ijodkorlik naqadar muhimligini velosiped ishlab chiqaruvchilar isbotladi

Niderlandiyaning Vanmoof velosiped ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini mijozlariga etkazib berishda qulash va turli zarblardan nuqsonga uchragan holda etib borayotganiga e’tibor qaratgan.

“Velosipedlarni kim etkazib berishidan qat’inazar, velosipedlarimiz juda ko‘p hollarda go‘yo temir g‘ajuvchi kombayndan o‘tgan ko‘rinishda etib borgan. Bu bizga juda qimmatga tusha boshladi, shu bilan birga mijozlarimizning noroziligini kuchaytira bordi”, - deydi Vanmoof kreativ direktori Bex Rad.

Mazkur muammoni bartaraf etish uchun kompaniya antiqa usuldan foydalandi. U, velosipedlar solingan karton qutiga keng ekranli televizor tasvirini joylashtirgan. Shundan so‘ng, Vanmoof vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yuklarni tashishda zararlanish holati 70-80 foizga pasaygan.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yuklarni tashishda ijodkorlik naqadar muhimligini velosiped ishlab chiqaruvchilar isbotladi