Foto: «Gazli» gaz ombori
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qish zaxirasi uchun «Gazli» va «Xo‘jaobod» yerosti gaz omborlariga 5 mlrd kub metrdan ortiq gaz jamlanganini ma’lum qildi.
«Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik barvaqt boshlangan. Fevral oyidayoq prezident tizimlarni tayyorlash…, gaz qazib chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va generatsiyani tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan», dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil davomida elektr energiyasi generatsiyasiga, qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirishga e’tibor berilgan. Chunki oldingi yillarda iste’mol oshib borishi, yangi quvvatlar esa yetarli darajada qo‘shilmagani tufayli muammolar bo‘lgan.
«Bu o‘rinda eng muhimi — qayta tiklanuvchi energiya manbalarining generatsiya quvvatlarining ishga tushirilishi… Barcha yoqilg‘i turlari zaxiralarini tayyorlash bo‘yicha ham tayyorgarlik ko‘rildi», dedi Mirzamahmudov.
Vazir, shuningdek, qish mavsumi uchun yoqilg‘i zaxirasini yaratish masalasiga to‘xtaldi.
«Bugungi kunda bizda qish mavsumi uchun yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz jamlandi. Agar solishtiradigan bo‘lsak, bu o‘tgan yilgi hajmlarga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi