The Economist tahliliga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa yaqin yillarda yuqori darajadagi inflyatsiyani boshdan kechirganiga qaramay, ular duch kelgan inflyatsion muammolarda kutilmagan farqlar mavjud. Bu – ikkala mintaqaning iqtisodiy vaziyatidagi o‘ziga xos jihatlar bilan bog‘liq.
Atlantika okeanining har ikki tomonidagi markaziy banklar oxirgi yillarda narxlarning o‘sishini jilovlash maqsadida foiz stavkalarini sezilarli darajada oshirdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi iborasi bilan aytganda, “buyuk qattiqqo‘llik” (“great tightening”) iqtisodiy inqirozsiz inflyatsiyani boshqariladigan darajaga tushirish imkonini berdi. Shunday bo‘lsa-da, inflyatsiya pasayib borarkan, AQSH va Yevropa mutlaqo farqli inflyatsion istiqbollar bilan yuzlashmoqda.
AQSHda inflyatsiya maqsadli darajadan yuqoriligicha qolmoqda, sentyabr oyida iste’mol narxlari 2,4 foizga ko‘tarildi. Erishilgan yutuqlarga qaramay, kuchli mehnat bozori maoshlar va talab omilini oshirishi bilan Federal zaxira tizimining inflyatsiyani yanada pasaytirishini qiyinlashtirmoqda. FZT inflyatsiyaning pasayish tempi kutilganidan ko‘ra sekinroqligini tan olib, foiz stavkalarini pasaytirish sur’atini susaytirdi.
Yevropa esa Ukrainadagi mojaro bilan bog‘liq energiya narxlarining oshishi tufayli yuzaga kelgan yuqori inflyatsiyani boshdan kechirganidan keyin, 2021 yilgacha bo‘lgan davrga xos past inflyatsiya va sust iqtisodiy o‘sish muammosiga qaytmoqda. Oktyabr oyida Yevropa Markaziy banki (EMB) yil davomida uchinchi marta foiz stavkalarini pasaytirdi. Bu qaror iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va inflyatsiyaning maqsadli darajadan past bo‘lgan 1,7 foizgacha tushishiga javoban qabul qilindi. Germaniya allaqachon inqiroz holatiga tushgan bo‘lib, EMB endi o‘ta qattiq chora-tadbirlar yevrozona iqtisodiyotining tiklanishiga xavf solishi mumkinligidan xavotirda.
The Economist'ning qayd etishicha, turli iqtisodiy omillar tufayli yuzaga kelgan bu tafovut Atlantikaning ikki qirg‘og‘ida 5000 kilometrlik “inflyatsion farq”ni ko‘rsatmoqda. AQSHda rivojlanayotgan iqtisodiyot va mustahkam mehnat bozori inflyatsion bosimni kuchaytirsa, Yevropada sust iqtisodiy o‘sish yana uzoq muddatli iqtisodiy turg‘unlik xavfini keltirib chiqarmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi