13:00 / 24.11.2024
5

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
«Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:
  • jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;
  • «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimi joriy etiladi.

Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

2025 yil 1 yanvardan quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi:
  • fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
  • majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
  • xodimlar sonini yashirish.

2025 yil 1 martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida — 70 foizi, apellyatsiya va kassatsiyada — 30 foizi qaytarib beriladi.

Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo‘lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi