Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Jahon banki oʻzining navbatdagi «Global iqtisodiy istiqbollar» hisobotini e'lon qildi. Unda global iqtisodiyot, shuningdek, Evropa va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi tendentsiyalar, prognozlar va ehtimoliy xavflar tahlil qilingan.
Hisobotga koʻra, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2024 yil oxirida 6 foizga oʻsdi. Jahon bankining 2025 va 2026 yillarga oid prognozlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyoti mos ravishda 5,8 va 5,9 foiz oʻsish sur'atlarini qayd etadi.
Boshqa tomondan, Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 2024 yilda iqtisodiy oʻsish sur'ati 3,2 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Bu asosan Rossiya va Turkiyada iqtisodiy faoliyatning sekinlashishi bilan bogʻliq.
Xomashyo narxlarining tushishi vaziyatni biroz yengillatgan boʻlsa-da, mehnat bozorlaridagi muammolar, ayniqsa, xizmat koʻrsatish sohasida ish haqiga bosim yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Shuningdek, ekspertlar fikriga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Tojikistonga pul oʻtkazmalari hajmi barqarorligicha qolmoqda. Bu aholi iste'mol darajasini saqlashga yordam bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar