Binance bosh direktori Richard Teng 2025-yil kriptovalyuta bozori uchun burilish nuqtasi boʻlishini prognoz qildi. Davosda boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumida chiqish qilgan Teng, AQShda Donald Tramp administratsiyasi davrida kutilgan reglament siyosatidan oʻzgarishlar sababli kriptoaktivlar sanoatida yuksalish boʻlishini ta'kidladi.
Tengning aytishicha, Davos forumining ishtirokchilari orasida ham kriptovalyutalarga nisbatan ijobiy munosabat shakllanmoqda. Binance rahbari ijobiy oʻzgarishlar nafaqat AQSh prezidenti siyosati, balki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining umumiy yondashuvi bilan ham bogʻliq boʻlishini ta'kidladi. Ayniqsa, Tengning fikriga koʻra, SEC va CFTC rahbarlariga Pol Atkins va Brayan Kvintenning tayinlanishi dijital aktivlar uchun aniqroq tartibot asoslari yaratilishiga xizmat qiladi.
Bitwise kompaniyasining tahlilchilari Binance rahbarining prognozlarini qoʻllab-quvvatladi. Ular bitkoinning potentsial "adolatli qiymatini" 219,000 dollar darajasida baholashdi. Ekspertlarning fikriga koʻra, yangi reglament muhitida token chiqarish, savdo operatsiyalari va raqamli aktivlar boshqaruvi kabi sohalarda rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring