17:04 / 03.02.2025
134

Markaziy bankning oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi

Markaziy bankning oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi
Foto: Markaziy bank
Oʻzbekiston Markaziy banki 3 fevral kuni oltin quymalarining yangi narxlarini e'lon qildi.

1 gramm oltin 1 million 197 ming 760 soʻmga baholanmoqda, bu juma kungi narxdan 780 soʻmga koʻp. Oltin narxi koʻtarilishda davom etyapti.

5 grammlik oltin quymaning narxi 5 million 989 ming soʻmga teng. 17 yanvardan boshlab sotuvga chiqarilgan 100 grammlik oltin quyma narxi 119 million 776 ming soʻmni tashkil qilgan.

Shuningdek:
- 10 gramm oltin quyma narxi 11 million 978 ming soʻm;
- 20 gramm oltin quyma narxi 23 million 955 ming soʻm;
- 50 gramm oltin quyma narxi 59 million 888 ming soʻm.

Oltin quyma — ogʻirligi 5, 10, 20, 50, 100 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quyma. Maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqariladi. Oltin quymaning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va seriya raqamiga ega boʻladi. Uni faqat banklarga sotish mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot