![2025 yilda Oʻzbekistonda 2 mlndan ziyod aholi biznesga jalb qilinadi](/uploads/posts/2025-02/q21qcboekkbgyu7nn0umekutbj9e6vbb.webp)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Saudiya Arabistonining An Nahar News gazetasida "Oʻzbekistonda 2025 yilda 1,5 million aholini kambagʻallikdan chiqarish maqsad qilingan" sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Nashrda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni aholi bandligini ta'minlash va yangi yondashuvlar asosida kambagʻallikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishgani ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, 2025 yil yakuniga qadar 1,5 million aholini kambagʻallikdan chiqarish, 5 million 200 ming fuqaroni bandligini ta'minlash, 60 ta tuman va shaharni kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish rejalashtirilgan.
Muallifga koʻra, Oʻzbekistonda mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Shu maqsadda bu yil kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion soʻm kredit ajratiladi.
"Joriy yilda 6 ming 472 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida loyihalar amalga oshirilib, 210 ming nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi. Chekka hududlardagi, ogʻir toifadagi qishloqlarga alohida e'tibor qaratiladi. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi ularga ishchanlik ruhini olib kirib, boqimandalikni kamaytirishga, kambagʻal oilalar mehnatini qoʻllab-quvvatlashga mas'ul boʻladi", – deyiladi maqolada.
![](/uploads/posts/2025-02/ny1g5cdndischotkucp_fx8ekunqh3a7.webp)
Oʻzbekiston rahbari 2025 yil ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirishda hal qiluvchi yil boʻlishini yana bir bor ta'kidlab, bu boradagi chora-tadbirlarni tartibli va manzilli amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
"Xususan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bu vazifalarning bajarilishini qat'iy nazoratga olish topshirildi. Har bir loyiha, har bir chora-tadbir elektron platformaga kiritilib, yaratilgan ish oʻrinlari soliq bazasida tekshirilishi belgilandi", – deb yozilgan An Nahar News gazetasida bosilgan maqolada. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar