14:50 / 06.02.2025
41

Oʻzbekistonda 1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

Oʻzbekistonda 1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
Foto: Markaziy bank
Markaziy bank 6 fevral kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln 236 ming soʻm yoki 95,1 dollarga etdi.

Ayni paytda 5 grammli oltin quymalar narxlari 6 mln 180 ming soʻmni, 20 grammlik oʻlchovli quyma esa 24 mln 718 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

Qimmatbaho metallning joriy narxlari yil boshidagi narxlardan 9,1 foizga, 2024 yilning mos davridagi narxlardan esa 48 foizga yuqori.

Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga chiqargan. 2020 yil noyabridan boshlab esa oʻzbekistonliklarda jamgʻarmalarini quyma oltin shaklida saqlash imkoniyati ham paydo boʻldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon'yunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta koʻrib chiqiladi. Shunga koʻra, narxlar doimiy oʻzgaruvchan xarakterga ega boʻladi.

Oʻzbekistonda oltin narxlarining oshishi global narxlar oʻsishi bilan izohlanmoqda. Jahonda oltin narxi uzoq muddatli rekordlarni yangilashda davom etyapti. Ayni paytda oltinning bir troya untsiyasi 2867 dollarga baholanmoqda, bu bir gramm uchun 92,2 dollarga toʻgʻri keladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot