date
views 241

2024 yili iste'molchilarga qancha keshbek toʻlab berildi?

2024 yili iste'molchilarga qancha keshbek toʻlab berildi?
2024 yilda iste'molchilarga 1 mlrd xarid cheki uchun 1 trln soʻmdan ortiq «keshbek» toʻlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Toʻlangan «keshbek»lar boʻyicha etakchi hududlar:
- Toshkent shahri - 412,2 mlrd soʻm;
- Toshkent viloyati - 107,1 mlrd soʻm;
- Samarqand viloyati - 93,2 mlrd soʻm;
- Fargʻona viloyati - 75,6 mlrd soʻm;
- Andijon viloyati - 52 mlrd soʻm.

Ma'lumot uchun, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish ob'ektlarida amalga oshirilgan xaridlarga berilgan cheklar uchun «keshbek» 2022 yilda joriy qilingan.

2024 yil yanvardan aholiga qaytariladigan 1 foizlik «keshbek» summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatildi — BHM 60 baravari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2024 yili iste'molchilarga qancha keshbek toʻlab berildi?