date
views 965

2025 yilda Ai-80 benzini sotuvini cheklashga maksimal harakat qilinadi

2025 yilda Ai-80 benzini sotuvini cheklashga maksimal harakat qilinadi
Prezident farmoni bilan, mas'ullarga 2025 yil oxiriga qadar Ai-80 benzini sotuvini cheklash uchun “barcha kuch va vositalarni safarbar etish” topshirigʻi berildi. Farmonga koʻra, bu jarayonda aholi sifatli, ekologik toza va arzon yonilgʻi bilan ta'minlanishi kerak.

Prezident farmoni bilan, 2025 yilgi davlat dasturi tasdiqlandi. Farmonga koʻra, 2025 yil yakuniga qadar quyidagi ikki vazifa ijrosi uchun barcha kuch va resurslar safarbar etiladi:
  • aholini sifatli, ekologik toza va arzon yonilgʻi bilan ta'minlagan holda, Ai–80 rusumli avtomobil yonilgʻisidan foydalanish va sotishni cheklash;
  • respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yonilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni toʻliq taqiqlash (avariyaviy yonilgʻi sifatida Ekologiya vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari bundan mustasno).

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 24 sentyabr kuni qabul qilingan prezident qarori bilan, Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarida yonilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni 2030 yildan boshlab taqiqlash, Evro–4 standartidan past yonilgʻilarni bosqichma-bosqich cheklashni esa 2028 yildan boshlash belgilangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2025 yilda Ai-80 benzini sotuvini cheklashga maksimal harakat qilinadi