![Siemens Energy daromadini 17% ga oshirdi](/uploads/posts/2025-02/007d9456b4_siemens-energy.webp)
Germaniyaning energetika uskunalari ishlab chiqaruvchisi Siemens Energy AG 2025 moliyaviy yilining birinchi choragida daromadini 17% ga oshirdi. Oʻsish kompaniyaning barcha biznes segmentlarida kuzatildi, deb Interfax xabar berdi.
Kompaniyaning matbuot xabariga koʻra, ushbu chorak yakunlariga koʻra daromad 8,94 milliard yevrogʻa etdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagi 7,65 milliard yevrogʻa nisbatan sezilarli oʻsishni anglatadi. Biroq, oktyabr-dekabr oylarida kompaniyaga kelib tushgan buyurtmalar hajmi 11% ga kamayib, 13,67 milliard yevroni tashkil etdi (oʻtgan yili bu koʻrsatkich 15,38 milliard yevro edi).
Siemens Energy’ning sof foydasi esa oʻtgan chorakda 252 million yevroga teng boʻldi. Bir yil avval bu koʻrsatkich 1,58 milliard yevroga etgan edi, biroq bu natijaga Hindistondagi biznesdagi ulushining sotilishidan tushgan 1,67 milliard yevro miqdoridagi bir martalik daromad ta'sir koʻrsatgan.
Kompaniya yil yakunida umumiy buyurtmalar portfeli rekord darajadagi 131 milliard yevroga etganini ma'lum qildi.
Kompaniya prognozlariga koʻra, valyuta kurslari va portfel oʻzgarishlari inobatga olinmasa, 2025 moliyaviy yili davomida daromad yana 8-10% ga oshishi kutilmoqda.
Siemens Energy aktsiyalari chorshanba kungi savdolarda 1,4% ga oʻsdi. Oxirgi 12 oy ichida esa aktsiyalar narxi toʻrt baravardan koʻproq oshgan.
Siemens Energy 2020 yilda Siemens AG sanoat kontsernining gaz, koʻmir va shamol elektr stantsiyalari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi boʻlimida mustaqil kompaniya sifatida ajralib chiqqan. Kompaniya energiya ishlab chiqarish, uzatish va saqlash boʻyicha keng koʻlamli echimlarni taklif qiladi. Siemens Energy’ning mahsulotlari orasida an'anaviy va qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari, jumladan, vodorodda ishlovchi gaz va bugʻ turbinalari, gidrid elektr stantsiyalar, generatorlar va transformatorlar mavjud.
Kompaniya 90 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi va 92 mingdan ortiq xodimga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar