
Uorren Baffetga tegishli Berkshire Hathaway ketma-ket uchinchi yil rekord darajadagi yillik operatsion foydani qayd etdi, deb xabar bermoqda Reuters.
2024 yilda operatsion foyda 27% ga oshib, 47,44 milliard dollarga yetdi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 37,35 milliard dollarni tashkil qilgan edi.
Bunday natijaga sug‘urta biznesidagi underwriting va investitsiyalardan tushgan daromadlarning sezilarli o‘sishi sabab bo‘ldi.
Shuningdek, to‘rtinchi chorak natijalari ham rekord darajaga chiqdi – operatsion foyda 71% ga oshib, 14,53 milliard dollarga yetdi. 2023 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 8,48 milliard dollar edi. Bu o‘sishga sug‘urta operatsiyalari va valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatdi.
Kompaniyaning sof choraklik daromadi 19,69 milliard dollarni, har bir A sinf aksiyaga 13 695 dollarni tashkil qildi. Apple, American Express va boshqa kompaniyalardagi aktivlar qiymatining oshishi bunga sabab bo‘ldi. Yil yakunida sof foyda 89 milliard dollar bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar