
O‘zbekistonda ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan ipoteka kredit foizlari pasaytirildi. Bu haqda “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ matbuot xizmati
Kompaniya mablag‘lari hisobidan birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratib kelinayotgan ipoteka krediti foiz stavkasi 2 bandga pasaytirilgan.
Endilikda, ushbu kredit foiz stavkasi – Markaziy bank asosiy stavkasi + 6 foiz qilib belgilandi (avval asosiy stavka + 8 foiz edi). Bugungi kunda bu 19,5 foizga teng bo‘ladi.
Kredit qisqacha shartlari:
- muddati – 20 yil;
- boshlang‘ich to‘lov – kamida 25 foiz;
- kredit foizi – 19,5 foiz.
Eng ko‘p miqdori:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 500 mln so‘m;
- Toshkent shahrida – 800 mln so‘m.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar