Neft narxining pasayishi ortidan rubl sezilarli qadrsizlanadi. Shu sababli tahlilchilar Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaning neft narxi 25 dollargacha tushib ketishi falokatli deb hisoblanmasligi haqidagi bayonotiga izoh berdilar, deb yozadi Kun nashri.
«Neft narxining 25 dollargacha tushib ketishi ssenariysi yuz berishi ehtimoli kam, biroq hozir zamon shundayki, eng aqlbovar qilmas ssenariylar ham amalga oshmoqda, misol uchun, Brexit, Trampning AQShda g‘olib bo‘lishi», deb aytdi «Serix Kepital Menedjment» kompaniyasining investision tahlil bo‘yicha direktor o‘rinbosari Andrey Vernikov.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, neft narxi tushsa, dollarning kursi 110-120 rublgacha ko‘tarilishi mumkin.
«Tramvaylar ko‘chalarda yuraveradi, do‘konlarda ham non bo‘ladi. Bu turmush darajasi uchun falokatli bo‘ladi. Rubldan ommaviy ketish, inflyasiya avj olishi, Markaziy bank stavkasi oshishi, yirik kredit tashkilotlari kasodga uchrashi yuz beradi», deb neft narxining keskin tushishini izohlamoqda mutaxassis.
«BKS Ultima» boshqaruvchi direktori Vitaliy Bagamanov neft narxi keskin tushib ketishi ssenariysini istesno qilib bo‘lmasligini aytdi. «Bozorda taklif me’yoridan oshiq, bu esa OPEK a’zolarini choralar ko‘rishga majbur qilmoqda», deb izoh berdi Bagamanov.
24 noyabrda birjadagi savdolar vaqtida dollar 64,36 rubldan pastroq narxda sotildi. U o‘tgan savdolar yopilishidagi narxga nisbatan 10 tiyinga arzonlashgan. Brent nefti uchun esa 49,05 dollar berilgan.
Shu kuni Nabiullina neft narxining 25 dollargacha tushib ketishi Rossiya uchun falokat bo‘lmasligi, biroq rublning zaiflashishiga olib kelishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi