Apple kompaniyasi 2016 yilda reklama ketgan xarajatlarini oshkor qilmadi. Bu haqida Business Insider nashriga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
"Reklama xarajatlari" bo‘limida Apple bu pullarning "tijorat, umumxo‘jalik va ma’muriy xarajatlar"ga (SG&A)taalluqli ekanligini ko‘rsatgan. Hisobotga ko‘ra, SG&A xarajatlari 2016 yilda 1 foizga qisqargan va 14,1 milliard dollarni tashkil qilgan. 2015 yilda xodimlar maoshlarini ham o‘zida jamlagan bu ko‘rsatkich 19 foizga o‘sganligi kuzatilgan.
Hisobotda Apple 2016 yilda SG&A xarajatlarining kamayishini "diskresion va reklama xarajatlarining qisqarishi" bilan izohlagan.
Biroq Apple tomonidan SG&A xarajatlarini qoplashga ajratilgan daromad ulushi bir foizli punktga o‘sgan va 7 foizni tashkil qilgan. Wells Fargo tahlilchilarining taxminlariga ko‘ra, Apple reklamaga sarflangan xarajatlarini yashirishga uringan. Ularning fikricha, kompaniya umumiy daromadni oshirish maqsadida reklamaga ko‘proq pul sarflagan.
2015 yilda Apple'ning xarajatlari 50 foizga oshgan va rekord darajadagi 1,8 milliard dollarga etgan. Wells Fargo'da ta’kidlanishicha, kompaniya reklamaga ketgan pullarga oid ma’lumotlarni oshkor qilishni istamaganligi tufayli bu xarajatlarni qoplash daromadning qancha ulushini tashkil qilishini kuzatish qiyinroq kechadi.
Manbada ta’kidlanishicha, kompaniyalar SG&A xarajatlari bo‘limida reklama xarajatlariga oid ma’lumotlarni oshkor qilishga majbur emas. Aksariyat korxonalar raqiblaridan bu ma’lumotlarni yashirish maqsadida ana shunday yo‘l tutishadi. Apple nashrga bu borada hech qanday izoh bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”