date
views 30

Apple va Tesla tokenlari endilikda Kraken orqali sotiladi

Apple va Tesla tokenlari endilikda Kraken orqali sotiladi
Kraken kriptobirjasi Apple va Tesla kabi mashhur kompaniyalarning tokenlashgan aksiyalari savdosini AQShdan tashqari mintaqalar uchun yo‘lga qo‘ymoqchi, deb xabar berdi Happycoin.club va Investing.com.

Backed kompaniyasiga ko‘ra, “xStocks” nomli yangi xizmat tez orada Kraken’da ishga tushadi. Unda 55 dan ortiq aksiya va ETF tokenlari savdoga chiqariladi. Ushbu xizmat Solana blokcheynidagi mashhur DeFi ilovalari bilan integratsiyalangan.

Savdolar Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo mintaqalaridagi mijozlar uchun ochiq bo‘ladi.

Bu yangilik, Kraken vakili Arjuna Seti tokenlashgan aksiyalar bozori stablecoin sektoridan ustun bo‘lishini aytganidan atigi bir oy o‘tib paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, “bitta tokenlashgan aksiya Tether’ga teng yoki undan qimmatroq bo‘lishi mumkin. Endi sizda 50, 500 yoki 1000 ta token aksiya bo‘lishi mumkin. Shuningdek, siz ularni fyuchers va opsionlar bilan savdo qilishingiz ham mumkin. Bozor ancha yirik va tez bo‘ladi”, — dedi Seti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Apple va Tesla tokenlari endilikda Kraken orqali sotiladi