
2025 yil holatiga ko‘ra, nafaqat o‘zbek so‘miga nisbatan, balki boshqa barcha valyutalarga nisbatan dunyodagi eng arzon pul birligi bu — Livan funti (LBP).
Joriy yil 25 iyun holatiga ko‘ra 1 Livan funti 0.14 so‘mga teng.
Nega bu pul birligi eng arzon?
Livan iqtisodiyoti 2019-yildan beri chuqur moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda. Bank tizimining qulashiga yaqinlashuvi, siyosiy tanglik va korrupsiya natijasida milliy valuta — Livan funti o‘z qiymatining 90% dan ortig‘ini yo‘qotgan.
Rasmiy va qora bozor kurslari o‘rtasidagi tafovut esa xalq ishonchini yanada yemirgan. Livan markaziy banki bir necha yildan buyon valyuta bozorini barqarorlashtira olmayapti.
Bundan tashqari quyidagi pul birliklari ham so‘mga nisbatan arzonroq:
▪️Laos Kipisi (LAK) - 1 Laos Kipisi 0.58 so‘mga teng.
▪️Suriya Funti (SYP) - 1 Suriya Funti 0.96 so‘mga teng. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar