AQShdagi ishsizlik darajasi noyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 0,3 punktga pasaygan va 4,6 foizni tashkil etdi, deyiladi AQSh Mehnat vazirligi hisobotida. Bu so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi eng quyi ko‘rsatkich bo‘ldi, deb yozmoqda manbaga asoslangan holda Kun.uz sayti.
Oylik statistika ma’lumotiga ko‘ra, jami ishsizlar soni 7,4 mln kishini tashkil etgan. Aholining erkak qatlami orasidagi ishsizlik 4,3 foizgacha pasaygan, ayollar orasidagi ishsizlik deyarli o‘zgarmagan 4,2 foizligicha qolgan. O‘smirlar orasidagi ishsizlik darajasi 15,2 foizni tashkil etmoqda.
Bu xabar Reuters agentligi murojaat qilgan tahlilchilarning prognozlaridan yaxshiroq bo‘lib chiqdi.
Mamlakat aholisining ishchi kuchidagi hissasi 62,7 foizga qisqargan. Bu esa 1978 yildagi eng past ko‘rsatkichga yaqindir.
Mehnat bozorining barqaror o‘sayotganiga oid ma’lumotlar esa, Federal zaxira tizimining dekabr oyidagi majlisida qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishga yuz foizlik imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi