Bitkoin narxi tarixiy $118 ming darajaga yetdi

Bitkoin narxi tarixiy $118 ming darajaga yetdi
Bitkoin narxi tarixiy $118 ming (taxminan 1,48 milliard so‘m) darajani kesib o‘tdi, deb uz.kursiv.media xabar berdi.
11 iyul kuni Coinbase ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoin narxi ilk bor $118 mingga yetdi. Kriptoaktiv maksimal darajada $118,4 ming ($1,49 mlrd so‘m) bo‘ldi. Kun o‘rtalarida narx $117,9 ming ($1,48 mlrd so‘m) atrofida barqarorlashdi.

Trading View ma’lumotiga ko‘ra, bitkoinning o‘sishiga kriptosarmoyadorlar orasidagi yuqori talab va AQSh prezidenti Donald Trampning boshqa davlatlarga nisbatan olib borgan savdo siyosati ta’sir qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar