
Dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta — Bitkoin yana iqtisodiy sarhadlarni ortda qoldirdi. 13 iyul kuni u $119 mingdan oshib, tarixdagi eng yuqori bahosini qayd etdi.
Binance platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Bitkoinning qiymati $119 216 gacha ko‘tarilgan. Keyinroq narx biroz pasaygan bo‘lsa-da, u $118 ming atrofida barqarorlashdi va ishonchli savdo diapazonini saqlab qoldi.
So‘nggi bir oy ichida kriptovalyutaning umumiy o‘sish sur’ati 12,9 %ni tashkil qildi. Moliya bozori tahlilchilari bu holatni qator omillar bilan bog‘lamoqda.
Jumladan, AQSH prezidenti Donald Trampning kriptobozorni qo‘llab-quvvatlashga doir bayonotlari hamda global miqyosda kriptovalyutalarga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi asosiy turtki bo‘lgan. Bundan tashqari, ayrim mamlakatlardagi regulyatorlar tomonidan taqdim etilgan yengilliklar ham bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
E’tiborlisi shundaki, Bitkoin o‘sishda davom etayotgan bir paytda, boshqa ko‘plab kriptovalyutalar, xususan, Ethereum va Solana kabi tokenlar, yil boshidan buyon 30–50% atrofida qiymat yo‘qotgan.
Bozor tahlilchilari fikricha, Bitkoinning ushbu keskin yuqorilash tendensiyasi, unga bo‘lgan talabning institutsional darajada o‘sishi va global makroiqtisodiy beqarorlik tufayli yana bir muddat davom etishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar