date

Bu hafta oltinning sotuv narxi qanchaga oshgani ma'lum bo‘ldi

Bu hafta oltinning sotuv narxi qanchaga oshgani ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yilning navbatdagi ish haftasida oltin narxi o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 13 000 so‘mga oshdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 65 000 so'mga qimmatlashganini ko'rsatadi.

Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm oltin uchun):
Dushanba: +8800 so‘m
Seshanba: +2800 so‘m
Chorshanba: +1600 so‘m
Payshanba: +6200 so‘m
Juma: -6400 so‘m

Mutaxassislarining fikricha, global geosiyosiy vaziyatlar, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bu hafta oltinning sotuv narxi qanchaga oshgani ma'lum bo‘ldi