
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-may oylarida pul massasi hajmi 312 trln so‘mga yetdi, deb Kursiv xabar berdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 32,2% ko‘pdir. Banklar orqali naqd pul aylanishi yarim yillikda 563 trln so‘mni tashkil etdi va yil davomida 23% ga oshdi.
Terminal orqali to‘lovlar ulushi bir yilda 41% dan 43% ga yetdi, naqd pul aylanishi esa 2,2% ga kamayib, 18,9% ni tashkil etdi. Bu summaning 277 trln so‘mi tushum, 286 trln so‘mi esa chiqim sifatida qayd etildi. Markaziy bank yarim yillikda qo‘shimcha 5,2 trln so‘mlik naqd pul chiqargan.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda naqd pul orqali to‘lovlar ulushi 59% dan 57% ga tushgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar