Rossiyada tijorat banklari kredit olish uchun berilgan arizalarning qariyb 80 foizini ma’qullamay qo‘ydi. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyi yakuniga qadar kreditlar tasdiqlanish ko‘rsatkichi atigi 21,4 foizni tashkil etgan. Ipoteka arizalarining 60 foizi, avto va iste’mol kreditlari bo‘yicha esa har 4-5-chi ariza rad etilgan. Bu holat imtiyozli dasturlar amal qilishiga qaramay kuzatilgan. Asosiy stavka 18 foizga tushirilgani va kredit foizlarining pasayishi ham vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan.
Markaziy bank matbuot xizmatiga ko‘ra, banklar bunday qat’iy siyosat yuritishiga asosiy sabab — avvalgi qarzlar bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar miqdorining ortishi. Iqtisodchi Andrey Barxota ma’lum qilishicha, 2024 yil oxirida umumiy qarz hajmi deyarli 37 trln rublga yetgan.
Mavjud kredit qarzi bor shaxslar yangi qarz olish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda. Shu bilan birga, qarzi yo‘q va yaxshi kredit tarixiga ega fuqarolar ham ba’zan rad javobini olishmoqda. Agar shaxsning oylik daromadining 50-80 foizi qarz to‘lovlariga sarflansa, banklar ularning arizasini ham qabul qilmaydi. Banki.ru eksperti Inna Soldatenkovaga ko‘ra, bunday turdagi qarz oluvchilar ulushi Markaziy bank tomonidan cheklangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!