date

Metaplanet Bitcoin zaxirasini 18 991 taga yetkazdi

Metaplanet Bitcoin zaxirasini 18 991 taga yetkazdi

Yaponiyaning Metaplanet kompaniyasi o‘zining Bitcoin zaxirasini yana 103 ta kriptovalyuta sotib olish orqali oshirdi, deb Investing.com xabar berdi. Ushbu xarid uchun jami 1,736 milliard iyena ($11,8 mln) sarflangan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bir bitcoinning o‘rtacha narxi 16,86 million iyenaga teng bo‘lgan. So‘nggi sotib olish bilan Metaplanet zaxirasi 18 991 taga yetdi. Jami sarflangan mablag‘ 285,83 milliard iyenani tashkil etdi.

Metaplanet 2024-yil dekabrdan beri Bitcoin Treasury Operations bo‘limi orqali kriptovalyutaga faol sarmoya kiritmoqda. Kompaniya o‘z strategiyasining samaradorligini “BTC Yield” ko‘rsatkichi orqali baholaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Metaplanet Bitcoin zaxirasini 18 991 taga yetkazdi