Dongfeng Motor Group (HK:0489) aksiyalari dushanba kuni qariyb 70% ga oshib, 2017-yil oktabrdan beri eng yuqori darajaga yetdi, deb Investing.com xabar berdi. Bunga kompaniyani xususiylashtirish rejasi sabab bo‘ldi.
Taklifga ko‘ra, aksiyalar uchun HK$6,68 naqd to‘lov va elektromobillar bo‘limi Voyah’dan ulush taklif etiladi. Bu bir aksiya uchun umumiy hisobda HK$10,85 bo‘lib, e’londan oldingi narxdan 12% yuqori.
Privatizatsiya umumiy qiymati HK$55,13 mlrd ($7,06 mlrd) etib baholanmoqda. Dongfeng Voyah kompaniyasini alohida Gonkong birjasiga chiqarish orqali elektromobil bozorida mavqeini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar