date

Uniqlo va ZARA Rossiya bozoriga qayta kirishi mumkin

Uniqlo va ZARA Rossiya bozoriga qayta kirishi mumkin

Yaponiyaning Fast Retailing Co. (Uniqlo brendi) va Ispaniyaning Inditex (ZARA brendi) kompaniyalari Rossiyada qayta faoliyat boshlashi mumkinligi haqida xabar tarqaldi, deb yozadi TASS.

Fast Retailing Co. 2025 yil 31 avgust kuni Rospatentga Uniqlo bilan bog‘liq 10 ta savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Ular orasida GU, Fast Retailing, Uniqlo va «Yuniklo» logotiplari ham bor. Kompaniya hozirda Rossiyada 27 ta savdo belgisiga ega bo‘lib, ulardan ikkitasining amal qilish muddati 2025 yil 14 oktyabrda tugaydi.

Inditex ham ZARA uchun savdo belgisini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini boshlagan va yangilangan logotip taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil mart oyida Uniqlo va ZARA Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgan edi. Shu yilning oktyabrida esa Inditex o‘z biznesini arabning Daher Group riteyleriga sotganini ma’lum qilgan.

Mutaxassislar fikricha, ariza topshirilishi bu brendlarning Rossiya bozoriga qaytishiga ishora qilishi mumkin, ammo ularning haqiqiy faoliyat boshlashi hali rasman tasdiqlanmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Uniqlo va ZARA Rossiya bozoriga qayta kirishi mumkin