
«Toshshahartransxizmat» Toshkentdagi barcha avtobus bekatlarini informasion tablolar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi «Gazeta.uz» nashri.
Ayni paytda avtobuslar harakat jadvali va boshqa foydali ma’lumotlar (valyutalar kursi, ob-havo) bir qator: «6-tug‘ruqxona», «Dunyo supermarketi», «Chimyon do‘koni» va «Grand Mir Hotel» bekatlariga o‘rnatilgan.
Tablo kuniga 24 soat ishlaydi, bunda 6:00 dan 23:00 gacha avtobuslar harakati jadvalini ko‘rsatib turadi.
Loyiha «Toshshahartransxizmat» va «Toshtransdispetcherxizmat» korxonasi tomonidan Grand Technology Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar