O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari ilk bor 50 milliard dollardan oshdi, deb Uz24.uz xabar berdi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1-sentabr holatiga ko‘ra zaxiralar 50,08 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,34 mlrd dollarga ko‘proqdir.
Zaxiralar tarkibida eng katta ulush oltinga to‘g‘ri kelmoqda — 40,06 mlrd dollar.
Valyuta zaxiralari 9,4 mlrd dollar, qimmatli qog‘ozlar esa 1 mlrd dollardan ortiqni tashkil etmoqda.
Bu o‘zgarishlarga asosiy ta’sir qilgan omil sifatida oltin narxining oshishi qayd etilgan.
Oltin narxining o‘sishi O‘zbekistonga faqat avgust oyida 1,2 milliard dollar qo‘shimcha daromad keltirdi.
Bugungi kunda oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi.
1 troya unsiyasi 3 600 dollardan, 1 gramm narxi esa 116 dollardan oshdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar