
Rossiya va Tojikiston aviaboshqarmalarining ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralari 26 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TASS agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
"Rossiya va Tojikiston aviaboshqarmalarining muzokaralari 26 yanvarga rejalashtirilgan", - deb xabar qilgan vazirlik matbuot xizmati.
Avvalroq, Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov jurnalistlarga ma’lum qilganidek, Rossiyaning Tojikiston aviakompaniyalariga nisbatan RFga parvozlari yuzasidan qo‘shimcha taqiqlar yoki boshqa turdagi cheklash choralari ko‘rish rejasi yo‘qligini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida Rossiya tomoni Tojikistonning xususiy aviakompaniyasiga, RFning qator shaharlariga aviaqatnovlarni amalga oshirishni taqiqlagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar