date

2026 yildan yakka tadbirkorlar soliq tizimi yangilanadi

2026 yildan yakka tadbirkorlar soliq tizimi yangilanadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Byudjetnoma bo‘yicha kelasi yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun muhim soliq o‘zgarishlari amalga kiritiladi. 2026 yil 1 yanvardan boshlab ular uchun soliq to‘lashning yangi mexanizmi joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, yillik aylanmasi bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va frilans tarzda ish yurituvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aylanmadan 1 foiz miqdorida soliq to‘laydi. Bu tizimning joriy etilishi soliq yukini shaffoflashtirish, tadbirkorlar uchun bir xil qoidalarni o‘rnatish va biznes yuritishni yengillashtirishga qaratilgan.

Shu munosabat bilan amalda bo‘lib kelgan bir qator tartiblar bekor qilinadi:

• yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lash majburiyati tugatiladi;

• yillik tushumi 100 million so‘mdan oshmagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni aylanma solig‘idan ozod etish amaliyoti bekor qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyatining o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantirish uchun ushbu o‘zgarishlar biznes yurituvchilarga teng imkoniyat yaratish, ular uchun ichki qonunchilikni soddalashtirish va yangi yengilliklar berish maqsadida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Yangi soliq tartibi kichik biznes uchun barqaror va aniq qonunchilik muhitini shakllantirishi, mulkdorlar va tadbirkorlar faoliyatini yanada qonuniylashtirishi hamda iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2026 yildan yakka tadbirkorlar soliq tizimi yangilanadi