12:50 / 29.01.2017
7 357

O‘zbekiston turizm sohasida Ispaniya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston turizm sohasida Ispaniya bilan hamkorlik qiladi

Ma’lumki, O‘zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega. O‘tgan yilning o‘zida 2 milliondan ziyod xorijiy sayyohlar yurtimizga tashrif buyurdi. Jahon sayyohlarining tarixiy obidalarimiz, urf-odat va an’analarimizga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda, deyiladi Kun.uz sayti xabarida. Xorazm viloyati ayni shu sohada katta imkoniyat va salohiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ko‘hna Ichan-qal’a majmuasida Xorazm viloyatining turizm sohasini rivojlantirish dasturining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur taqdimotning Ichan-qal’ada o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega.

2520 yillik tarixga ega ushbu majmua ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan. Mazkur hududdagi ko‘plab me’moriy va tarixiy yodgorliklar nufuzli xalqaro tashkilot YuNESKOning merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Majmuada 8000dan ziyod muzey eksponatlari bor. Yiliga o‘rtacha 1 milliondan ortiq sayyoh bu erga tashrif buyuradi.

Xorijiy sayyohlarning yurtimizga kelib-ketishi bilan bog‘liq viza tratiblari soddalashtirildi. Turizm sohasidagi mutaxassislar bilan suhbat chog‘ida sayyohlik, mamlakatimiz valyuta tushumlarini ko‘paytirishning muhim manbai bo‘lishi bilan birga, eng asosiysi, yuzlab yangi ish o‘rinlarini ochish imkonini beradi, dedi davlatimiz rahbari.

"Turizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarni 5 yilga hamma soliqlardan ozod qilamiz, besh yilda oyoqqa turib olamiz, agar chin dildan harakat qilsak. Bu erda gaz, suvlar, kanalizasiya, elektr energiya, yo‘llar - hammasini joy-joyiga tushirib olsak, poezd keladigan bo‘lsa, hamma masala hal bo‘ladi. 4-5 ko‘cha qilishimiz kerak - bir erda Xorazm madaniyati, bir erda urf-odati, yana bir erda dutori, lazgisini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilsa.

Ispaniyani oling - turizmdan necha milliard dollar ishlaydi. Ularda metodika, domlalar bor, pul to‘laymiz, - Urganchning bir kollejini Ispaniya kolleji turizmiga sentyabrdan boshlab o‘qishni boshlash kerak, bu erda qo‘shma korxonasini tashkil qilasizlar. Har chorakda 10 nafardan mutaxassis olib kelib (Turkiya, Ispaniyadan), o‘qish o‘rgatish kerak, Urganch universiteti qoshida kurs ochish kerak", - dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston turizm sohasida Ispaniya bilan hamkorlik qiladi