AQShning Facebook kompaniyasi o‘tgan chorak va 2016 yil bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Kompaniya hisoboti bunga dalolat qiladi.
Shunday qilib, unga ko‘ra, Facebook tarmog‘ining 2016 yil so‘nggi choragidagi daromadi 8,81 mlrd dollarni tashkil etgan, bu 2015 yilning ayni choragi bilan taqqoslaganda 51 foizga ko‘p demakdir. Bunda kompaniya sof foydasi 3,57 mlrd dollarni tashkil etgan, bu esa 2015 yil so‘nggi choragi ko‘rsatkichidan 128 foizga ko‘p ekanini bildiradi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
2016 yil yakunlari bo‘yicha, kompaniya jami daromadi 27,64 mlrd dollardan iborat bo‘lgan, shundan 10,22 mlrd dollari sof foyda ekani ta’kidlangan. Shunday qilib, Facebook kompaniyasining bu ko‘rsatkichi 2015 yilga qaraganda 177 foizga o‘sgan.
Bundan tashqari, dekabr oyida ijtimoiy tarmoqqa har kuni kirgan foydalanuvchilarning o‘rtacha soni 1,23 mlrd kishini tashkil etgan. Bu borada 2015 yilga nisbatan 18 foizlik o‘sish qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi