7 565
Putin va Mirziyoyev: migrasiya siyosatiga oid masalalar qachon hal bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Tomonlar energetika, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etkazib berish, harbiy-texnik hamkorlik va migrasiya siyosatiga oid masalalarni muhokama etishni rejalashtirgan, deb xabar beradi "Diydoraziz" sayti.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin ikki-uch oy ichida Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi va safari chog‘ida prezident Vladimir Putin bilan uchrashadi, deb xabar qilgan Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov «Izvestiya» nashriga.
Nashr manbasi bergan ma’lumotlarga muvofiq, ikki mamlakat rahbarlari energetika, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etkazib berish, harbiy-texnik hamkorlik va migrasiya siyosatiga oid masalalarni muhokama etishni rejalashtirgan. «Rossiyada o‘zbek qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun talab katta. Albatta, O‘zbekiston mahsulotlari uchun bozorni kengaytirish masalasi birinchi o‘rinda muhokama qilinadigan masaladir.
Balki O‘zbekiston tomon Rossiya neftini bojsiz etkazib berilishi masalasiga qaytar. Ma’lumki, yaqinda Rossiya O‘zbekiston tomonga bojsiz neft etkazib bermasligini bildirgan edi. O‘zbekistonlik migrantlar masalasi ham, tabiiyki ko‘rib chiqiladi», — deb xabar qilgan nashrdagi manba.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil noyabrida O‘zbekiston hukumati Rossiya neftini bojxona to‘lovlarisiz etkazib berishni so‘ragan, lekin Rossiya energetika vazirligi u holda JSTga a’zo mamlakatlarning barchasiga bojxona to‘lovlarini bekor qilishi lozim bo‘lishini bildirib bu taklifni rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi