Tojikiston va Turkmaniston aviakompaniyalari samolyotlari O‘zbekistonda ta’mirlanadi. Bu haqda Kompaniya vakiliga tayanib Sputnik nashri xabar bermoqda.
Uzbekistan Airways Technics kompaniyasi qo‘shni mamlakat aviakompaniyalari samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash borasida bir qator qiziqarli takliflar qilmoqda, deydi kompaniya vakili.
"Biz Tojikiston bilan faol hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bizning birinchi mijozimiz "Tojik eyr" bo‘ldi. Ularning o‘zi bizga Yangi yildan oldin rejadan tashqari ta’mirlash uchun murojaat qilgan edi. Mutaxassislarimiz bir sutka davomida shassi stoykasidagi suyuqlik oqishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi", — dedi suhbatdosh.
Tojikiston delegasiyasi Uzbekistan Airways Technics kompaniyasining ta’mirlash imkoniyatlari va Milliy aviakompaniyaning o‘quv-amaliyot markazi bilan tanishib chiqishdi va O‘zbekiston ta’mirlash maydonchasi hududdagi eng yaqin, demak eng qulay maydon ekanligini qayd etishdi.
Turkmaniston bilan hukumat delegasiyalari darajasida muzokaralar olib borilmoqda. Hozir O‘zbekiston tomon bu borada Turkmanistonga o‘z taklifini taqdim etgan va va "Turkmaniston havo yo‘llari" samolyotlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya tanlovida (tender) ishtirok etmoqda.
O‘tgan yili Uzbekistan Airways Technics 20 ta samolyotgan texnik xizmat ko‘rsatgan. Ulardan to‘rttasi chet el — Rossiya va Qozog‘iston samolyotlari bo‘lgan. Ayni damda kompaniya angarlarida Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi samolyotlariga xizmat ko‘rsatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi