
Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assosiasiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi, deb yozmoqda "Uz24" sayti.
Yangi tartibga ko‘ra, plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘larni kapitallashtirish tijorat banklari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ilgari tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar Respublika Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan edi.
Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari ko‘rib borilmoqda. Hozirgi paytda jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali qisqa muddatli iste’mol kreditlari berishni (overdraft) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tartib ishlab chiqilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar